Shohimardonga fotosayohat
Dilbar tabiati tufayli Farg‘ona viloyatining anklav hududida joylashgan Shohimardon qishlog‘i «O‘zbekiston Shveysariyasi»ga qiyoslanadi.
Shohimardon fusunkor tabiati, zilol suvlari, ming dardga davo nabotot olami bilan yetti iqlimga mashhur bo‘lib, dengiz sathidan 2500-2700 metr balandlikda joylashgan, to‘rt tarafi tog‘ bilan o‘ralgan.
[gallery-5673]
Hazrat Ali ziyoratgohida esa ruhingiz taskin topib, ma’nan quvvat olasiz. Ha, bu shunday shukuhli bir maskan.Mahalliy aholi Shalang, Xujan va Qizil tog‘ deb ataydigan tog‘larga boqib, havosidan to‘yib nafas olish juda maroqli. Ayniqsa, dilkash odamlari bilan suhbatlashishning gashti bo‘lakcha.
M. Sulaymonov, O‘zA