“Shodiyona” – tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi
FOTOREPORTAJ
Respublika “Kelajak” markazi tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida o‘tkazilayotgan Respublika “Iqtidor” maktab ansambli tanlovining Namangan viloyati bosqichi tashkil etildi.
Mazkur tanlov viloyatdagi 720 ta umumta’lim maktabini qamrab olib, jami 3 ming 935 ta jamoa onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shahar va tumanlarda tashkil etilgan saralash bosqichlarida jami 31 ming 480 nafar o‘quvchi o‘z iste’dod va ijodiy qobiliyatini namoyon etdi. Ulardan 112 nafari 14 jamoa tarkibida viloyat bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.
Ta’kidlash joiz, “Iqtidor” maktab ansambli tanlovi yoshlarni qo‘shimcha ta’limga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iste’dodini tizimli rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim loyiha hisoblanadi.
Viloyat bosqichi bahslari ochiq, shaffof va yuqori saviyada o‘tkazildi.
Har bir chiqish sahna jozibasi, yoqimli kuy, ijodiy yondashuv hamda yuksak mahorat uyg‘unligi bilan ajralib turdi.
[gallery-29329]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Namangan shahridagi 31-maktabning “Shodiyona” jamoasi birinchi, Uchqo‘rg‘on tumanidagi 34-maktabning “Iqtidor” jamoasi ikkinchi, Chust tumanidagi 3-maktabning “Navo” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rin sohiblari tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA