Shirnazarova Zamira Allaberdiyevnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida
“Nemis tilini o‘qitishda talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida
Shirnazarova Zamira Allaberdiyevnaning 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (nemis tili) ixtisosligi bo‘yicha “Nemis tilini o‘qitishda talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 7-dekabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 111720, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi,
104-uy. Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Tel: (99870) 712-27-55; faks: (99870) 712-45-41;
e-mail: chdpi-kengash@umail.uz