Shaxmatchimiz “Ganja Open-2025” g‘olibi bo‘ldi
Ozarbayjonning Ganja shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan “Ganja Open-2025” xalqaro turnirida hamyurtimiz Muhammadzohid Suyarov g‘oliblikni tantana qildi.
12 mamlakatdan 302 nafar shaxmatchi ishtirok etgan mazkur turnirning blits musobaqalarida dona surgan Muhammadzohid Suyarov 9 ta tur davomida 7,5 ochko jamg‘arib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Suyarov singari 7,5 ochko jamg‘argan 4 nafar ishtirokchi keyingi o‘rinlarni egalladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA