Shaxmat-shashka bahsi: munosiblar rag‘batlantirildi
3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
Jizzax shahridagi 16-sonli umumta’lim maktabida 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirokida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Tadbir “Mahalla” xayriya jamoat fondi Jizzax viloyat bo‘limi boshqaruvi va viloyat “Nogironlar” jamiyati hamkorligida o‘tkazildi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan joriy yil 30 noyabridan 30 dekabriga qadar respublikamizda “Mehr-muruvvat oyligi”ni o‘tkazish belgilangan. Unda madaniy, xayriya tadbirlari, uchrashuvlar, ko‘rgazmalar, sport musobaqalari tashkil etish, muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni zarur protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari (nogironlar aravachalari, eshitish moslamalari, hassa, qo‘ltiqtayoq va boshqalar) bilan ta’minlash vazifalari belgilangan.
[gallery-9819]
Tadbirda hukumatimiz tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga qaratilayotgan alohida e’tibor, amalga oshirilayotgan ishlar, yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida so‘z bordi
Shaxmat va shashka musobaqalarida ishtirokchilar iste’dodini namoyish qildi va imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar va ishtirokchilar rag‘batlantirildi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA