Shaxmat: O‘shda faxriylar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkaziladi
Joriy yilning 15–25-oktabr kunlari Qirg‘izistonning O‘sh shahrida shaxmat bo‘yicha faxriylar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirildi.
Sovrin jamg‘armasi 4 ming AQSH dollaridan iborat chempionat bahslari klassik, rapid, blits yo‘nalishlarida o‘tkazilib, musobaqa doirasida madaniy tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA