Shaxmat olimpiadasi: Abdusattorov bugun Karuana, Sindorov So bilan “jang” qiladi
Xabar berganimizdek, bugun Samarqandda davom etayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi 9-tur bahslarida O‘zbekiston terma jamoasining asosiy jamoalari AQSH va Hindiston jamoalariga qarshi dona suradi.
Terma jamoalarning bosh murabbiylari tomonidan belgilangan tanlovga ko‘ra, O‘zbekiston-1 erkaklar jamoasi a’zolaridan Nodirbek Abdusattorov birinchi taxtada oq donalarda Fabiano Karuana bilan, Javohir Sindorov qora donalarda Uesli So bilan, Nodirbek Yoqubboyev oq donalarda Hans Moke Niyemann bilan, Muhiddin Madaminov qora donalarda Levon Aronyan bilan kuch sinashadi.


Shuningdek, O‘zbekiston-1 ayollar jamoasi a’zolaridan Afruza Hamdamova Humpy Koneruga, Gulruhbegim Tohirjonova Deshmux Divyaga, Nilufarxon Imomqo‘ziyeva Agraval Vantikaga hamda Guldona Karimova Shri Savithaga qarshi bahs olib boradi.

Shuningdek, shaxmat olimpiadasida bahs olib borayotgan qolgan jamoalarning a’zolari ham kimlarga qarshi kurash olib borishi ma’lum bo‘ldi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA