Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov "Chessable Masters"ning grand finalida
Mahoratli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov "Chessable Masters" onlayn turnirining 2-divizion bahslarida ishtirok etmoqda.
Kecha Abdusattorov musobaqa finalida raqibini 3:0 hisobida mag‘lub etdi va “Grand final” bahsida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Bugun, 7 aprel kuni Nodirbek musobaqa grand finalida Maksim Vachiyer-Lagrave bilan kuch sinashadi.

Yana bir iste’dodli shaxmatchimiz Nodirbek Yoqubboyev AQSHning Sent Luis shahrida mukofot jamg‘armasi 36 ming AQSH dollaridan iborat “2023 SPRING CHESS CLASSIC” xalqaro turnirida ishtirok etmoqda.
Xalqaro turnirning ”A” guruhidan joy olgan grossmeysterimiz 1-turda amerikalik Kristofer Vujin Yu bilan durangga erishdi.
Nodirbek 2-turda asli polshalik hozirda AQSH sharafini himoya qilayotgan Dariush Sverch bilan kuch sinashadi.
O‘zA