Sharipova Muxabbat Erkinovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv-kommunikativ kompetensiallarini shakllantirish metodikasi (ingliz tili misolida)” mavzusida
Sharipova Muxabbat Erkinovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv-kommunikativ kompetensiallarini shakllantirish metodikasi (ingliz tili misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 20 may kuni soat 8:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51
e-mail: kengash@edu.uz.