Sharifa Davronova jahon chempionatida finalga chiqdi
Peruda yengil atletika bo‘yicha U20 yosh toifasidagi jahon chempionatining navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi ishtirok etdi.
Chempionatning uch hatlab sakrash dasturida Sharifa Davronova 13.29 metr natija qayd etib, final bosqichiga yo‘l oldi va 31 avgust kuni jahon chempionatining medallari uchun kurashadigan bo‘ldi.
Afsuski, dunyo birinchiligining uch hatlab sakrash bahsida Xushnoza Shavkatova, 400 metrga yugurish dasturida Jonbibi Hukmova chempionatning final bosqichiga chiqa olmadi. Bugun, 29 avgust kuni Barnoxon Sayfullayeva balandlikka sakrash, Nodir Norboyev esa o‘nkurashning 5 ta dasturida o‘z omadini sinab ko‘radi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA