Shahobiddin Zoirov faoliyatini professional boksda davom ettiradi
Rio Olimpiadasi chempioni, Osiyo oʻyinlari sovrindori Shahobiddin Zoirov faoliyatini professional boksda davom ettiradi.
Rio Olimpiadasi chempioni, Osiyo oʻyinlari sovrindori Shahobiddin Zoirov faoliyatini professional boksda davom ettiradi. Bu haqida bokschi MOQ Matbuot va media departamenti vakillariga maʼlum qildi.
Charm qoʻlqop ustasi “MTK Global” promouterlik kompaniyasi bilan kelishuvga erishgan. U bir necha kundan soʻng Buyuk Britaniyaga yoʻl oladi. Aynan oʻsha yerda bokschining prof ringdagi dastlabki jangi qachon va kimga qarshi oʻtkazilishi maʼlum boʻladi.