Şaharsozlik – taraqqiyot közgusi: Yangi Özbekistonning bunyodkorlik solnomasi
Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan yaratuvçanlik işlari Amir Temurning “Agar bizning kuç-qudratimizga şak-şubha qilsang, biz qurgan imoratlarga boq!” degan hikmatli sözlarini yodga soladi. Ha, ötmişimizdan, madaniyatimizdan, kuç-qudratimizdan dalolat beradigan, avlodlardan avlodlarga ötib turadigan neʼmatlardan biri bunyodkorlikdir
Oçiği, har bir muvaffaqiyatni körganimizda taqqoslaşga harakat qilamiz. Ötmişga nazar taşlaylik. Hozirgi yoşlar bundan qirq-ellik yil avval şahar va qişloqlarimiz qanday ahvolda bölganligini tasavvur ham qilolmasligi mumkin.
Ötgan davrlarda, hatto, ayrim tarixiy va madaniy yodgorliklar turli xöjalik maqsadlarida foydalanilgan holatlar ham kuzatilgan. Uy-joy oliş masalasi ham oson keçmagan. Uy-joy olişga yillab navbatda turgan, möʼjazgina boşpana uçun qançalab mansabdorlar ortidan yugurişlar köp bölgan. Maktablarning aksariyati xom ğişt va paxsadan, zax tortib ketgan.

Mustaqillik mamlakatimiz taraqqiyoti uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçdi. Özbekiston yil sayin taraqqiyot sari yuz tutdi. Aholining turmuş şaroitini yaxşilaş, milliy meʼmoriy merosni asraş va zamonaviy infratuzilmani rivojlantiriş davlat siyosatida muhim örin egallay boşladi.
Zamonaviy infratuzilma – inson qadri uçun
Mamlakatimizning şaharsozlik amaliyotiga ötgan ön yil misolida qaraydigan bölsak, barça jabhalar singari quriliş, uy-joy siyosati va urbanizatsiya sohalarida ham keng kölamli yutuqlar qölga kiritilayotganligi eʼtiborga molik.

Ayniqsa, aholini uy-joy bilan taʼminlaşning yangi mexanizmlari joriy qilindi, zamonaviy şaharsozlik loyihalariga yöl oçildi. Bugunga qadar köplab turar joy majmualari, ijtimoiy obʼektlar, yöllar va muhandislik infratuzilmasi barpo etildi va bu işlar qizğin davom etmoqda.
Bu bilan, aholi uçun munosib yaşaş, mehnat qiliş, taʼlim oliş, dam oliş va öz salohiyatini röyobga çiqarişga bölgan ijtimoiy makon yaratilmoqda. Şu nuqtai nazardan, jarayonlarga avvalo, davlat taraqqiyotining muhim strategik yönalişlaridan biri sifatida qaralmoqda.
Bunyodkorlik kölami – köngillarda
Yangi uy-joylar qurilişi bilan birga, ularning atrofida maktablar, maktabgaça taʼlim taşkilotlari, savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari, yöllar, içimlik suvi, elektr energiyasi va boşqa muhandislik tarmoqlari ham rivojlanmoqda. Çunonçi, zamonaviy şahar muhiti faqat xonadonning içida emas, balki inson har kuni foydalanadigan butun makonda namoyon böladi.

Aholining uy-joyga bölgan ehtiyojini qondiriş borasidagi saʼy-harakatlar ortida yangi xonadonlarga köçib kirgan minglab oilalar bor. Ularda öz mustaqil hayotini boşlagan yoşlar, farzandlarini munosib şaroitda voyaga yetkaziş imkoniyatiga ega bölgan ota-onalarning hayoti, qadr-qimmati, köngillarida öziga siğmas quvonçi bor.
“Yangi Özbekiston” massivlari: taraqqiyotning yangi davri
Mamlakatning şaharsozlik manzarasida “Yangi Özbekiston” massivlari alohida örin egallamoqda. Bunday loyihalar orqali turar joylar bilan bir qatorda hududlarning ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasini ham yangilaş imkoniyati paydo bölmoqda.

Şaharsozlik faqat poytaxt yoki yirik şaharlar doirasida emas, balki tumanlar va mahallalarda ham jadal rivojlanmoqda. Qoraqalpoğistondagi “Nukus City”, Andijondagi “Şahrixon”, Namangandagi “Pop”, Farğonadagi “Boğdod”, Jizzaxdagi “Döstlik”, Qaşqadaryodagi “Yakkaboğ” (“Muruvvat”), Samarqanddagi “Urgut”, Navoiydagi “Qiziltepa”, Surxondaryodagi “Termiz”, Xorazmdagi “Gurlan” kabi massivlar şular jumlasidandir.
Bunday şahristonlar yaratilişi, insonning munosib şaroitda yaşaşi uçun doimo yirik şaharga köçib ketişga majbur bölmaydigan muhitni şakllantirişga qaratilgan.
Umumxalq farovonligi yölida umummilliy inşootlar
Madaniyat va hordiq parklaridan biri, 104 gektarlik maydonda joylaşgan – Yangi Özbekiston parki va Mustaqillik monumenti mamlakatimiz kuç-quddati timsolidir.

Şuningdek, Tashkent City va Tashkent City Park – poytaxt markazidagi zamonaviy işbilarmonlik va hordiq maskani sifatida qad kötardi. Yirik oilaviy köngiloçar majmualar – Tashkent City Mall, Magic City parki aholi va mehmonlar taşrif buyuradigan maskanlardan biriga aylandi.
Toşkent metropolitenining yangi yönalişlari, jumladan, Yer usti halqa metro yönalişi ham şu yillarda umumxalq foydalanuviga topşirilgan salmoqli obʼektlar qatorida turadi.
Faqat va faqat inson uçun, insonning baxtu saodati uçun xizmat qiladigan bu kabi inşootlar xalqimiz hayotida tub yangilanişlar, özgarişlar bölayotganligidan dalolat beradi.
Sport – nafaqat kuç-qudrat timsoli
Ha, sport nafaqat kuç-qudrat timsoli, inson salomatligining muhim omili hamdir. Şu maqsadda, 100 gektar maydon uzra bir neça sport inşootlarini öz bağriga olib qad kötargan “Olimpiya şaharçasi” zamonaviy sport klasterlaridan biri sifatida namoyon böldi. Uning tarkibida 12 ming tomoşabinga möljallangan Markaziy olimpiya stadioni, yopiq velodrom va 50 metrlik basseynga ega Suv sporti saroyi kabi yirik inşootlar mavjud.

Qolaversa, 12 500 dan ortiq tomoşabinga möljallangan köp tarmoqli – Humo Arena muz saroyi ham bir neça yildirki sport va dam oliş maskani sifatida faoliyat körsatmoqda, xalqaro turnirlarga mezbonlik qilmoqda.
Yirik loyihalar ortida orzular röyobi
Tarkibiga 8 ta zamonaviy mehmonxona, kongress-xoll, sunʼiy köl hamda eski şahar ruhidagi “Boqiy şahar” tarixiy-etnografik majmuasi kiradigan 210 gektar maydonda joylaşgan yirik turistik majmua – Silk Road Samarkand, oçiq kitob şaklida loyihalaştirilgan, mintaqadagi zamonaviy aeroport terminallaridan biri – Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminali bugungi kunda nafaqat samarqandliklar, har kuni yuzlab yurtdoşlarimiz va xorijliklarni qabul qilmoqda.

Zamonaviy kanat yöllariga ega toğ kurorti – Amirsoy (Amirsoy) toğ-çanği kurorti kabi maskanlar yil davomida odamlar bilan gavjum. “Yangi Namangan”, “Yangi Andijon”, “Margilan City” kabi yirik yöldoş şaharçalar va madaniy-maişiy majmualar nafaqat xalqimiz, xorijiy mehmonlarning ham eʼtirofiga sazovor bölmoqda.
Yangi Toşkent – aqlli şahar
Yangi Toşkent – kelajak şaharsozligining yirik loyihasidir. Uning zamirida zamonaviy turar joylar, universitetlar, kutubxona va amfiteatrlar, dam oliş maskanlari, kökalamzorlar, boğu böstonlar barpo etilmoqda. Şu yil 12-oktabrda Yangi Toşkentda umumiy qiymati bir milliard dollar bölgan yettita obʼekt foydalanişga topşirildi. Ular orasida ikki ming örinli umumtaʼlim maktabi ham bor.

Loyihaning eʼtiborga molik jihatlaridan biri – yaşil hududlar va zamonaviy muhandislik yeçimlariga alohida ahamiyat berilayotganidir. Aqlli şaharda ikki ming gektar yaşil maydon va 500 gektar istirohat boğlarini taşkil etiş rejalaştirilgan. Şuningdek, piyodalar va velosiped yölaklari, energiya taʼminoti, suv va kanalizatsiya tarmoqlarini rivojlantiriş böyiça işlar amalga oşirilmoqda.
Yangi Toşkentning ahamiyati uning kölami bilangina belgilanmaydi. U turar joylar, taʼlim, xizmat körsatiş, transport va yaşil makonlarni özaro boğliq tizim sifatida şakllantiriş imkoniyatini namoyon etadi.
Şu bois, Yangi Toşkentni rivojlantirişda ham iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy manfaatlar va ekologik barqarorlik örtasidagi muvozanat muhim ahamiyatga ega. Qaçonki, tabiatga bölgan eʼtibor şaharsozlikning boş mezoniga aylansa, u yerda ekologik madaniyat va umumiy gözallik barqaror böladi.
Tarixiy meros va zamonaviylik uyğunligi
Özbekiston şaharlari asrlar davomida şakllangan boy meʼmoriy merosga ega. Toşkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Şahrisabz, Qöqon, Kattaqörğon, Keş va boşqa tarixiy şaharlarimiz milliy meʼmorçilik anʼanalari, madaniyat va sivilizatsiya taraqqiyotining noyob namunalaridir.
Şuning uçun bugungi şaharsozlik siyosati oldida ikki muhim vazifa turibdi: bir tomondan, zamonaviy uy-joylar, transport va ijtimoiy infratuzilmaga bölgan ehtiyojni qondiriş; ikkinçi tomondan, tarixiy muhit, madaniy meros va şaharlarning öziga xos qiyofasini asrab-avaylaş.
Inçunun, yangi qurilişlar – tarixiy binolar, anʼanaviy mahallalar va madaniy yodgorliklar bilan uyğunlaşgandagina şaharning haqiqiy qiymati saqlanadi. Meʼmoriy taraqqiyot ötmişni inkor etiş emas, balki boy madaniy meros, ilmiy salohiyat va zamonaviy texnologiyalar hamda milliy qadriyatlar inʼikosidir.

Yaqinda davlatimiz rahbarining “Bu Toşkent şahri emas, bu Samarqand emas, bu Andijon emas! Bu Qamaşining “Çim” mahallasi!“ degan qalb sözlari jarangladi. Bugun bunyodkorlik mahallalarga ham kirib bordi. Albatta, mahallaning rivoji – mamlakatning yutuğidir.
Imom Buxoriy majmuasi – maʼrifat va yuksaliş ramzi
Samarqand viloyatida buyuk muhaddis Imom Buxoriy maqbarasi va uning atrofida amalga oşirilgan yangi majmua ham yirik meʼmoriy va obodonlaştiriş loyihalaridan biri sifatida eʼtirofga tuşgan.
Rasmiy maʼlumotlarga köra, majmua hududi 45 gektarni taşkil etadi. Bu yerda 10 ming namozxonga möljallangan masjid, maqbara, maʼmuriy bino, muzey va boşqa inşootlar barpo etilgan. Balandligi 75 metr bölgan törtta minora meʼmoriy ansamblning salobatini yanada oşiradi.

Majmua atrofida mahalliy aholi, sayyohlar va ziyoratçilar uçun zarur şaroitlarni şakllantirişga eʼtibor qaratilgan.
Ha, Imom Buxoriy majmuasi nafaqat ziyorat maskani, balki ilm-maʼrifat, maʼnaviy tarbiya va tarixiy xotirani asraşga xizmat qiluvçi markaz sifatida rivojlanmoqda.
Islom sivilizatsiyasining eng yirik muzeyi
Poytaxt şahrida barpo etilgan Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ham milliy tarix va zamonaviy meʼmorçilikni uyğunlaştirişga qaratilgan yirik loyihalardan biri, desak mubolağa bölmaydi.
Markazni taşkil etiş ğoyasi 2017-yilda ilgari surilgan bölib, uning tamal toşi 2018-yilda qöyilgan. Toşkentning maşhur hazrati imom majmuasi hududidagi 10 gektar maydonda barpo etilgan majmua 2026-yilning 17-mart kunida rasman oçildi.

Bino uç qavatdan iborat bölib, uzunligi 161 metr, eni 118 metrni taşkil etadi. Bu ulkan majmua gumbazining balandligi 65 metrdan, foydali maydoni 42 ming kvadrat metrdan iborat. Özida milliy meʼmorçilik anʼanalari, naqşlar va zamonaviy muhandislik yeçimlarini mujassam etgan uşbu aqlli majmuaga baland peştoqlari va markaziy gumbazi yanada gözal meʼmoriy qiyofa bağişlaydi.
Islom sivilizatsiyasi markazi “Yangi Özbekiston”ning öziga xos platformasi sifatida ilmiy salohiyat, boy madaniy meros, zamonaviy texnologiyalar va sunʼiy intellektni yagona makonda uyğunlaştirgan.
Unda xalqimizning köp asrlik tarixi, buyuk allomalarimizning ilmiy merosi va jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qöşgan hissasini örganiş hamda keng tarğib etiş imkoniyati yaratilgan.
Bu yerda tarixiy qölyozmalar, noyob eksponatlar va zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida ötmiş bilan bugun örtasida maʼnaviy köprik, muloqotlar maydoni mujassamlaşganligini köriş mumkin.
Markaz 2026-yil 13-aprelda “Islom sivilizatsiyasining eng yirik muzeyi” nominatsiyasi böyiça Guinness World Records eʼtirofiga sazovor böldi. Markazning xalqaro rekord sifatida eʼtirof etilişi uning meʼmoriy kölami, şu bilan birga islom sivilizatsiyasi tarixi, ajdodlarimizning ilmiy merosi va maʼrifat anʼanalarini jahonga tanitiş imkoniyatlari bilan ham ahamiyatlidir.
Ekologik barqarorlik – zamonaviy şaharsozlik mezoni
Şahar qançalik zamonaviy binolar bilan boyimasin, agar unda toza havo, daraxtlar, soya-salqin yölaklar, bolalar maydonçalari va dam oliş maskanlari yetarli bölmasa, uni mukammal şahar deb bölmaydi.
Özbekistonda “Yaşil makon” umummilliy loyihasi va ekologik barqarorlikka qaratilgan çora-tadbirlar şahar muhitini yaxşilaşda muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda 2030-yilgaça barça şaharlarda yaşillik darajasini 30 foizga yetkaziş, şuningdek, master-rejalar asosida qişloq va mahallalarga şaharlarga xos şaroitlarni olib kiriş maqsadlari belgilangan.
Maʼlumki, jahonda keçayotgan global çöllaşuv, iqlim özgarişi, havo ifloslanişi, transport tirbandligi bugungi kunda mamlakatimizda yaşil hududlarni saqlaş va kengaytiriş masalalari şaharsozlikning muhim yönalişlariga aylanişini talab etadi.
Şu örinda taʼkidlaş joizki, yurtimizda yaratilgan kökalamzorlarni, ekilgan manzarali va mevali daraxtlarni saqlaş, öz vaqtida suğoriş va parvarişlaş nihoyatda muhim vazifa – vatanparvarlikdir.
Hamma narsa inson uçun, uning salomatligi uçun
Toşkent şahar hokimligining 2026-yilda 100 ta sanitariya-gigiyena şoxobçasini taşkil etiş töğrisidagi taklifi Prezidentning “Toşkent şahrini 2026-2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori bilan maʼqullandi.
Uşbu loyiha poytaxt aholisi, sayyohlar va boşqa mehmonlar uçun munosib sanitariya-gigiyena şaroitlarini taʼminlaşga, insonlarning tabiiy ehtiyojlarini qondiriş, soğliğini asraşga qaratilgan.
Eng muhimi, bunday şoxobçalar, ayniqsa, jamoat transporti bekatlari, bozorlar, istirohat boğlari, turistik maskanlar va aholi gavjum hududlarda hayotiy zarurat. Inçunun, zamonaviy şahar – har bir inson özini qadrli his qiladigan va eng muhimi yuqori madaniyatga asoslangan muhitdir.
Xulosa örnida
Bu misollar sönggi yillarda Özbekistonda quriliş sohasini isloh qiliş hamda zamonaviy şaharsozlik loyihalarini amalga oşiriş borasidagi salmoqli işlarning bir qismidir.
Eng muhimi, yaratilgan şaroitlar odamlar hayotida özining amaliy ifodasini topişi va aholi tomonidan qadrlanişi kerak. Zero, şaharsozlikning eng oliy maqsadi – inson uçun munosib hayot muhitini yaratiş.
Abdukamol RAHMONOV,
Özbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengaşi
raisining örinbosari.
ÖzA