“Sevinch” – O‘zbekiston chempioni
Poytaxtimizdagi “Yoshlik” sport majmuasida ayollar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha XI O‘zbekiston chempionati yakunlandi.
Musobaqada mamlakatimizning eng kuchli oltita xotin-qizlar jamoasi o‘zaro bahslashdi. O‘n karra mamlakat chempioni Qarshining “Sevinch” jamoasi barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Andijonning “Andijanka” jamoasi kumush, Qashqadaryo viloyatining “Lochin” klubi qizlari esa musobaqaning bronza medali bilan taqdirlandi.