Sevil Yo‘ldosheva Pokistonda chempion bo‘lmoqchi
Pokistonning Islomobod shahrida davom etayotgan W15 tasnifiga kiruvchi musobaqada Sevil Yo‘ldosheva yarim final bosqichiga yo‘llanma oldi.
Jumladan, juftlik bahslarining chorak finalida Sevil Yo‘ldosheva germaniyalik Anastasiya Kuparev bilan birgalikda niderlandiyalik Florentine Dekkers hamda Emma van Poppelga qarshi kortga chiqdi va har ikkala setda bir xil - 6:1 hisobida zafar quchdi. Endi Sevil hamda Anastasiya tandemi Janubiy Afrika Respublikasi vakillari Varona va Vozuko Mdlulva dueti bilan raqobatlashadi.
Afsuski, yana bir vakilimiz Sabrina Olimjonova va gonkonglik Key Yau Chong juftligi chorak finalda xitoylik Ru Xsi Vu va tailandlik Kamonvan Yodpetch juftligiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA