Sergey Fomin Xitoyda navbatdagi sovrinini ko‘zlamoqda
Xitoyda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan M25 tasnifidagi turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin yakkalik va juftlik bahslarida yarim finalga chiqdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Sergey Fomin yakkaliklar o‘rtasidagi chorak final bosqichida Buyuk Britaniya sharafini himoya qilgan Karles Brumni uch setda 3:6, 6:3, 6:4 hisobida taslim etdi va yarim finalga chiqdi. Endi tennischimiz final ostonasida neytral tennischi Ilya Simakin va Xitoy Taypeyi vakili Kuan-Yi Li uchrashuvi g‘olibi bilan raqobatlashadi.
Shuningdek, Sergey Fomin juftlik bellashuvlarida qozog‘istonlik Grigoriy Lomakin bilan tandem hosil qildi va ular chorak finalda neytral tennischi Danil Ostapenko va AQSH vakili Mishel Ju juftligini 6:3, 6:1 hisobida yengdi.
Shu tariqa, Sergey va Grigoriy so‘nggi hal qiluvchi final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda Karles Brumni va italiyalik Karles Barriy duetiga qarshi kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA