Sergey Fomin Misr turnirini muvaffaqiyatli boshladi
Misrda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin ishtirok etmoqda.
Umidli tennischimiz Sergey Fomin musobaqaning 1/8 final bosqichida misrlik Ibrohim Karim bilan raqobatlashdi. Mazkur uchrashuvda tennischimiz 6:2, 6:1 hisobida zafar quchdi. Endi S.Fomin chorak finalda rossiyalik Ilya Simakinga qarshi kortga chiqadi.
Ma’lumot uchun, I.Simakin hozirda ATP reytingida 600-pog‘onada borayotgan bo‘lsa, Sergey 706-o‘rindan joy olgan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA