Sergey Fomin Gruziyada chempion bo‘lmoqchi
Gruziyada tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida M25 toifasiga kiruvchi “Kutaisi Open” xalqaro turnirida Sergey Fomin yakkalik bellashuvlarida yarim final bosqichiga chiqdi.
Mukofot jamg‘armasi 30 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu turnirning yakkalik bahslarida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin chorak finalda italiyalik Aleksandr Bindaga qarshi kortga chiqdi va 6:4, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. Endi Sergey final ostonasida fransiyalik Kiril Vandermershga qarshi bahs olib boradi.
Shuningdek, bugun 17-may kuni musobaqaning juftlik bahslarida hamyurtimiz Denis Istomin va Maksim Shin bilan birgalikda yarim final bosqichida kiprlik Elefterios Neos va neytral tennischi Semen Pankin tandemi bilan raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA