Serbiyadagi ko‘mir konida baxtsiz hodisa yuz berdi
Juma kuni ertalab Serbiyadagi ko‘mir konida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida kamida 8 nafar konchi halok bo‘ldi, 30 nafari yaralandi.
Serbiya davlat televideniyesi mamlakat sharqidagi Sokobanja shahri yaqinidagi Soko konida karerning bir qismi qulagani haqida xabar berdi. Xabarda aytilishicha, metan portlashi sodir bo‘lgan va buning natijasida shaxtaning bir qismi qulab tushgan hamda konchilar ichkarida qolib qetgan. Jami 65 nafar konchi qutqarib olindi.
Ayni paytda esa qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda, chunki ko‘mir konida yana qancha odam qolgani noma’lum.
Ulug‘bek Mahmirzayev