“Seni yaxshi ko‘raman” nomli yangi kitob chop etildi
Yosh ijodkor Sohibjon Hotamov muallifligida “Seni yaxshi ko‘raman” nomli yangi kitob chop etildi. Kitob onani sevish, uni ardoqlash va qadrlashga oid qissa va hikoyalar keltirilgan.
Mazkur mo‘’jaz kitobni bir farzandning onasi haqidagi xotiralari deyish mumkin. Kitobni o‘qir ekansiz, qalb sog‘inchi, dil firoqlari, hayotga bo‘lgan umidlarni his qilishingiz qiyin emas. Kitobni varaqlasangiz, asar sizga onangiz haqida so‘zlab beradigandek go‘yo.
Jumladan, “Onamning yangi ko‘ylagi” hikoyasi orqali o‘zbek onalari qiyofasi aks etgan. “Qish, qahraton, to‘y va onam” qissasida onalar farzandi uchun har qanday sinovga, mashaqqatga tayyor ekanini ko‘rishingiz mumkin.
[gallery-20318]
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA