Senator Bektemir tumanida yigʻilish oʻtkazdi
Oliy Majlis Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Dilorom Toshmuhamedova Toshkent shahar Bektemir tuman Kengashi doimiy komissiyalari aʼzolari ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi.

Unda Senatning ikkinchi yalpi majlisi doirasida koʻrib chiqish nazarda tutilgan qonunlar muhokama etildi.
Xususan, muhokama davomida deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi va “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi qonunlar ahamiyati haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Taʼkidlanganidek, davlatimiz rahbari tomonidan Murojaatnomada fuqarolik masalalariga oid qonunchilikni takomillashtirish orqali inson huquqlarini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan edi.
Shundan kelib chiqqan holda parlament quyi palatasi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi.
Soʻzga chiqqanlar mazkur qonun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalasida inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlashning huquqiy mexanizmlarini yana-da mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdilar.