Sayyor qabulda 60 ga yaqin murojaat körib çiqildi
Boyovut tumanida aholi muammolarini joyida örganiş, fuqarolarning huquqiy masalalarga oid murojaatlarini hal etiş maqsadida sayyor qabul taşkil etildi.
Tumandagi Uçturgon mahallasida ötkazilgan qabulda Sirdaryo viloyati adliya boşqarmasi boşliği Inomjon Qudratov iştirok etib, turli hududlardan kelgan fuqarolarning murojaatlarini tingladi. Suhbat davomida aholi özini qiynab kelayotgan muammolar, huquq va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan murojaat qildi.

Qabul davomida 60 ga yaqin murojaat körib çiqildi. Ularning aksariyati yer munosabatlari, mulk huquqi, ijara, aliment undiriş, ijtimoiy himoya hamda boşqa huquqiy masalalar bilan boğliq böldi.

Har bir murojaat yuzasidan amaldagi qonunçilik talablari asosida huquqiy tuşuntirişlar berildi. Yeçimi joyida bölgan masalalar böyiça tegişli çoralar körildi, qöşimça örganiş va masʼul taşkilotlar bilan hamkorlikni talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olindi.

Sayyor qabul doirasida fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida sayyor davlat xizmatlari ham körsatildi.

Şuningdek, oilaviy nizolarning oldini oliş, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yaraştirişga kömaklaşiş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Bunday oilalar bilan yakka tartibda suhbatlar ötkazilib, kelişmovçiliklarni özaro murosa va tinç yöl bilan hal etiş, oilaviy munosabatlarni saqlab qoliş yuzasidan huquqiy va amaliy tavsiyalar berildi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri