Saylovoldi targ‘ibot tadbirlari
Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida joriy yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon – saylovlarga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.
Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida joriy yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon – saylovlarga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.
Joylarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida saylov va uni o‘tkazish tartiblari, saylov jarayoni va boshqa masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumot berilayotir.
Ana shunday saylovoldi targ‘ibot tadbirlari viloyat adliya boshqarmasi hamda Oqoltin tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan hududdagi 5-umumta’lim maktabi binosida o‘tkazildi.
Unda, adliya, mahalliy hokimlik, saylovlarda ishtirok etishi kutilayotgan 5 ta siyosiy partiya vakillari, mahalla faollari va shu maktabning o‘qituvchi hamda bu yilgi saylovlarda ilk bor ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.
Viloyat va Shirin shahar adliya bo‘limi xodimlari, shahar hokimligi hamda mavjud 5 ta siyosiy partiya vakillari hamkorligida 2-umumta’lim maktabida ham saylovoldi davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu tadbirlarda joriy yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman hamda shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovning mazmun-mohiyati, “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonuni, shuningdek, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning tashkiliy-huquqiy masalalari bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirlarda ishtirokchilarning ko‘plab savollariga mutaxassislar batafsil javob berdi.
Saylovoldi tadbirlari viloyatning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.