Saylov G‘ijduvonda ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda
Siyosiy tadbir Prezident saylovi G‘ijduvonda ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda.
Unda G‘ijduvonlik yoshu keksalar, faol ishtirok etib, o‘zlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz bermoqda.
G‘ijduvon tumani 1-sektor rahbari, tuman hokimi Sherzod Ashurov ham ushbu kun oila a’zolari bilan erta tongdan G‘ijduvon tumanidagi 548-sonli saylov uchastkasida bo‘lib, aholi farovonligini ta’minlashga hissa qo‘shishni maqsad qilgan nomzod uchun ovoz berdi.
Kezi kelganda aytish mumkinki, G‘ijduvon tumanida jami 175879 ovoz beruvchi bo‘lib, shulardan birinchi marta ovoz berayotganlar soni 6884 nafarni tashkil etadi.
O‘zA