Saxovat va ko‘mak tadbirlari davom etmoqda
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hududlarda tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Xususan, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida ham muntazam ravishda mahalla tizimida tashkil etilgan “daftar”larda ro‘yxatda turgan fuqarolarni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Yaqinda tuman sektor rahbarlari ehtiyojmand, qiynalib qolgan oilalar xonadonida bo‘lib, ularning yashash sharoitlari bilan tanishib, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatdi. Jumladan, tumandagi 5 nafar kam taminlangan fuqaroga Qamashi tuman “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 2 million 450 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA