Savdo - logistik hudud qachon ish boshlaydi? (+video)
O‘zbekistonning ochiq tashqi siyosati tufayli chegara va chegara oldida ko‘plab iqtisodiy hududlar tashkil etilmoqda. Biz ilgariroq O‘zbekiston–Qirg‘iziston chegarasida ko‘mir import-eksportini konveyer lentalari orqali amalga oshirish loyihasi haqida xabar bergandik. Aslida, o‘tgan yili Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi tarkibida yana bir chegara neytral hududida ikki tomon uchun ham foydali ish boshlangandi. Ya’ni, Farg‘ona viloyati hokimligining tashabbusi bilan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi chegaraning betaraf hududida iqtisodiy zona tashkil qilinishi lozim edi. Unda tadbirkorlar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini imtiyozli sharoitlarda eksport qilish rejalashtirilgan. Lekin uning qurilishi to‘xtab qoldi.
“MB Qo‘qon-7” mas’uliyati cheklangan jamiyati auksionda yutib, mazkur loyiha ijrosini zimmasiga olgandi. Bu yerda muayyan darajadagi qurilish-montaj ishlari bajarilgan. Qo‘qon EIZ sho‘ba mudiri Behzod Murodovning ta’kidlashicha,
–Savdo logistik zonasi eksportni rivojlantirish uchun tashkil qilinyapti. U yerda Farg‘ona viloyati tadbirkorlari, Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchi korxonalar, Andijon, Namanganning salohiyatli ishlab chiqaruvchilari hamda bir qismda tojiksitonlik tadbirkorlar ham faoliyat yuritadi.

Ha, maqsad ezgu. U amalga oshsa Farg‘ona vodiysi tadbirkorlari uchun g‘oyat qulay sharoit yaratilgan bo‘lar edi.
–Bu savdo logistik zonasida 200 dan ziyod savdo do‘konlari qurilishi mo‘ljallangan. Ularning barchasi tadbirkorlarga ijara asosida biriktirib beriladi, – deydi Behzod Murodov. –Loyiha qiymati 78 mlrd.so‘m. Uning birinchi bosqichida terminal qurilib 2024 yil dekabr oyida foydalanishga topshiriladi. Ikkinchi bosqichi 2025 yilda to‘liq ishga tushadi.

Birinchi bosqich muddati tugashiga ham 4-5 oy qoldi xolos. Qilinishi lozim bo‘lgan ishlar esa talaygina “MB Qo‘qon-7” korxonasi rahbariyati avval bu yerga terminal qurish vazifasi qo‘yilgandi, ma’lum sabablarga ko‘ra yana erkin iqtisodiy hudud – xalqaro bozor quriladigan bo‘ldi, deydi biz bilan telefon orqali so‘zlashuv chog‘ida.

–To‘rt kun bo‘ldi bozor qurilishini boshqatdan loyiha qilib, 10-15 kunda ishni boshlab, uni yangi yilgacha tugallaymiz, – deydi “MB Qo‘qon-7” korxonasi rahbari Baxtiyor Mirzayev.
Loyihaning o‘ta muhim ekanini e’tiborga olar ekanmiz, biz yana bu mavzuga qaytamiz.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/BwNxSb00mYk?si=p3jLEuhUnEwi-LvV" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video), O‘zA