Saudiya Arabistonining ayrim hududlarini qor qopladi
Podshohlikning Al-Jafr hududi kuchli yomg‘ir va do‘ldan so‘ng oppoq qorga burkandi. Bu haqda axborot hamkorimiz – “SPA” ma’lum qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, o‘tgan chorshanba kunidan beri mazkur viloyatning ba’zi joylariga katta miqdordagi do‘l bilan birga kuchli yomg‘ir yoqqan va yaqindagi tog‘li hududlarni qor qoplab, hayratlanarli qish manzarasini aks ettirgan.


Meteorologlar qorni Arab dengizidagi past bosimli hududlarning kengayishi va ularning Ummon tomon siljishi bilan izohlamoqda.
Saudiya Arabistoni hukumati aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga va to‘satdan suv toshqini xavfi mavjud hududlarga uzoq muddatli sayohatlardan saqlanishga chaqirmoqda.
O‘.Alimov, O‘zA