Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston o‘rtasida jamoaviy mudofaa kelishuvi imzolandi
Saudiya Arabistoni, Turkiya hamda Pokiston xavfsizlik va mudofaa sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiquvchi muhim uch tomonlama kelishuvga erishdi.
Jidda shahrida o‘tkazilgan oliy darajadagi muzokarada Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ishtirok etib, jamoaviy mudofaa va harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatni imzoladilar. Kelishuvning bosh tamoyiliga ko‘ra, ishtirokchi mamlakatlarning biriga uyushtirilgan qurolli hujum qolgan ikki davlatga ham tajovuz sifatida qabul qilinadi. Hujjatda harbiy aloqalarni kengaytirish, xavfsizlik sohasidagi sa’y-harakatni o‘zaro muvofiqlashtirish hamda umumiy tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish kabi muhim chora-tadbirlar nazarda tutilgan.
Xullas, mintaqada, xususan Yaqin Sharq va Fors ko‘rfazida harbiy-siyosiy vaziyat keskinlashib borayotgan bir sharoitda strategik muloqot yanada jadallashdi. Saudiya va Pokiston o‘rtasida 2025-yil tuzilgan strategik mudofaa shartnomasi ayni hamkorlikka mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilgan. Yangi uch tomonlama kelishuv esa Ar-Riyod, Anqara va Islomobod o‘rtasidagi xavfsizlik bo‘yicha sheriklikni yanada mustahkamlab, mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA