Saudiya Arabistoni Elchisi bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni Qirolligining Favqulodda va muxtor elchisi Hisham as-Suvaylimni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan qabul qildi.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuv davomida elchining 2017-2021 — yillardagi samarali faoliyati qayd etildi. Ta’kidlanganidek, ushbu davr mobaynida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib, mustahkamlanib bordi.
Elchi, o‘z navbatida, diplomatik faoliyatining amaliy qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.
O‘zA