Sarxumdondan fotoreportaj
Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi Sarxumdon mahallasida bugun kunda 6 ming 500 nafardan ortiq aholi yashaydi. Bu yerda 45 ta ko‘p qavatli uy, maktabgacha ta’lim muassasasi va xususiy maktab bor. O‘ndan ortiq kichik biznes korxonasida mahalliy yoshlar va ayollar ishlamoqda.
Yaqinda bu yerda yangi Mahalla guzari qurildi. Ichki yo‘llar, maydonchalar obod qilinib, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, bolalar o‘yingohi, harbiy vatanparvarlik maydonchasi tashkil etildi. Shuningdek, mahallada "Yashil makon" loyihasi doirasida ko‘chatlar ekilib, mo‘’jaz bog‘ barpo etilgan.
[gallery-4781]
A’lo ABDULLAEV (surat), O‘zA