Sariosiyoda yoshlarga 20 sotixdan yer ajratildi
FOTOREPORTAJ
Sariosiyo tumanida yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida “Sebzor” mahallasidagi 20 gektar tokzor orasi “to‘qsonbosti” ekinlarini ekish uchun 70 nafar yigit-qizning har biriga 20 sotixdan ajratildi.
[gallery-14550]
Viloyatda yoshlar bilan uchrashuvlar va uyma-uy yurish natijasida aniqlangan ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash borasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, qarovsiz yotgan yoki foydalanishdan chiqib qolgan yer maydonlari tanlanib, dehqonchilik qilish uchun zarur sharoit yaratilayotgani va ish bilan band bo‘lmagan yoshlarga berilayotgani ana shunday ezgu tadbirlardan biridir.
Ta’kidlash kerak, tumanda 59 ming nafarga yaqin yigit-qiz istiqomat qilayotgan bo‘lib, ularning 2 ming 76 nafari vaqtincha ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Qarovsiz yotgan yerlarni o‘zlashtirib, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ishsiz yoshlarga biriktirilayotgani ham ularning bandligini ta’minlab, yaxshi daromad olishiga xizmat qiladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA