Saratonga qarshi vaksina sinovdan o‘tmoqda
Ogayo shtati universiteti tadqiqotchilari tomonidan saratonga qarshi PD1-Vaxx vaksinasini inson tanasida sinovdan o‘tkazish ishlari boshlandi, deyiladi "RG.ru" internet nashri xabarida.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, vaksina yo‘g‘on ichak saratoni bilan kasallangan hayvonlarda sinovdan o‘tkazilgan. Sinov natijalariga ko‘ra, 10 hayvondan to‘qqiztasida kasallikka qarshi to‘liq immunitet shakllangan.