Saratondan marafongacha: oddiy insonning g‘ayri oddiy yo‘li
Buyuk Britaniyada yashovchi oddiy quruvchi-usta Endi Spray dahshatli tashhisdan so‘ng hayotini yangi bosqichga olib chiqo olgan inson sifatida tarixda qoladi.
Undagi dastlab Kron kasalligi bilan bog‘liqligi taxmin qilingan muammo aslida yo‘g‘on ichak saratonining 3-bosqichi ekani ma’lum bo‘ldi. Shifokorlar tasdiqlagan bu faraz bemorning hayotini tubdan o‘zgartirdi. Bil’aks, u taslim bo‘lmadi.
Ikki yillik og‘ir jarayonda Endi bir necha murakkab bosqichdan o‘tdi: jarrohlik amaliyoti, kimyo va nur terapiyasi. Hatto, davolanish kunlari ham jismoniy faollikni to‘xtatmadi, holati yaxshilanishi bilan yana yugurish mashqiga qaytaverdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayovsiz kunlarda ham harakatlanish ruhiy barqarorlikni saqlashga yordam bergan.
Nihoyat, Spray mashhur London marafoni masofasini 3 soat 25 daqiqada bosib o‘tib, oldiga qo‘ygan maqsadga erishdi. Bu natija nafaqat sport yutug‘i, balki xastalikka qarshi kurashdagi mislsiz g‘alaba sifatida baholanmoqda. Endi u Trekstosk kabi tashkilotlar orqali boshqalarni ham qo‘llab-quvvatlay boshladi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bugungi kunda ichak saratoni yoshlar orasida ham ko‘paymgan. Belgisi — og‘riq, axlatda qon yoki hazm o‘zgarishi. Bunday holatlar e’tiborsiz qoldirilmasligi kerak. Endi Spray misoli ko‘rsatdiki, erta tashhis, kuchli iroda va yaqinlar qo‘llovi bilan inson eng og‘ir sinovlarni ham yengib o‘ta oladi.
Musulmon Ziyo, O‘zA