San-Pauloda para dzyudochilarimiz sovrindor bo‘ldi
Braziliyaning San-Paulo shahrida poyoniga yetgan para dzyudo bo‘yicha IBSA xalqaro gran-pri turnirida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari 8 ta sovrinli o‘ringa egalik qildi.
29 mamlakatdan 150 nafarga yaqin matonatli para sportchilar ishtirok etgan mazkur turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Okean orti mamlakatida kechgan bellashuvlarda dzyudochilarimizdan Kumushxon Xo‘jayeva oltin, Shohrux Mamedov, Kamron Nurillayev, Mohinur Parmonova kumush, Turg‘un Abdiyev, Dovurxon Karomatov, Sherzod Namozov hamda Uljon Amriyeva bronza medallariga egalik qildi.
San-Paulo xalqaro Gran-prisi yakunlariga ko‘ra, milliy terma jamoamiz a’zolari umumjamoa hisobida 4-o‘rini egalladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA