Samuel Eto’O Mbappega qaratilgan haqoratli bayonotlarni qoraladi
Paragvay JCH–2026 1/8 finalida Fransiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgach, Amarilya Mbappeni haqoratli tarzda “o‘zini fransuz qilib ko‘rsatayotgan kamerunlik” deb atagan edi.
Kamerun terma jamoasining sobiq hujumchisi Samuel Eto’O Paragvay siyosatchisi Selesta Amarilyaning Fransiya terma jamoasi yulduzi Kilian Mbappe haqida aytgan so‘zlariga munosabat bildirdi.
Paragvay JCH–2026 1/8 finalida Fransiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgach, Amarilya Mbappeni haqoratli tarzda “o‘zini fransuz qilib ko‘rsatayotgan kamerunlik” deb atagan edi.
"So‘nggi paytlarda Kilian Mbappega nisbatan yangrayotgan tanqidlar, jumladan, Paragvay senatorlaridan birining bayonotlari jiddiy o‘ylantiradi.
2026-yilda bunday darajadagi sportchi teri rangi yoki kelib chiqishi sabab tahqirlanishi mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat.
Biz o‘zimizga halol savol berishimiz kerak: uning turli millatga mansub ildizlari va Fransiya jamiyatidagi o‘rni odamlarning uning shaxsiyati, faoliyati hamda fuqarolik pozitsiyasiga munosabatiga ongli yoki ongsiz ravishda ta’sir qilmayaptimikan?" — dedi Eto’O.