Samsung dan yangilik: yangi formatdagi “egiluvchan” smartfon
Samsung yilning asosiy yangiligi Galaxy S10dan tashqari yana bir qurilma, mutlaqo yangi — katta egiluvchan displeyga ega boʻlgan smartfon-planshet tarzidagi gibrid qurilmani taqdim etdi.
Samsung yilning asosiy yangiligi Galaxy S10dan tashqari yana bir qurilma, mutlaqo yangi — katta egiluvchan displeyga ega boʻlgan smartfon-planshet tarzidagi gibrid qurilmani taqdim etdi.
Samsung Galaxy Fold ixcham qurilmalarning yangi avlodini boshlab bermoqda. Qurilma ham smartfon, ham planshetni oʻzida mujassam etgan. Ochiq holatda u 7 dyuymli planshetga, yigʻilgan holatda smartfonga aylanadi. Uning katta ekrani internetda film tomosha qilish bilan birga, bir vaqtning oʻzida bir necha ilovalarda ishlash imkonini beradi.
Galaxy Fold uchun maxsus ikki buklanuvchi Infinity Flex displeyi ishlab chiqilgan. Bukilgan joyda hech qanday chiziq yoki alohida ayrilib turuvchi narsani koʻrmaysiz. Qurilma shu darajada ehtiyotkor bukilagani bois ekran muntazam ochib yopish jarayonida hech bir talofat olmaydi. Kompaniya bu qurilmaning nihoyatda mustahkamligiga kafolat bermoqda.