Sambochilarimiz Osiyo-Okeaniya chempionatida 19 ta medalli bo‘ldi
Xitoyning janubida joylashgan Makao yarim orolida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo-Okeaniya chempionati mamlakatimiz sportchilari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
21 ta davlatdan 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan chempionat sarhisobiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 8 ta oltin, 1 ta kumush, 10 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Osiyo-Okeaniya chempionatida mahoratli sambochilarimizdan Ilhom Farmonov, Sardor Olimjonov, Ubaydullo Mo‘minov, Feruza Xo‘rozova sport sambosida, Sohibjon Hasanboyev, Ozodbek Murotov, Ziyod Hakimboyev va Gulsevar O‘roqova jangovar sambo bellashuvlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Osiyo-Okeaniya chempionatida zafar quchgan sambochilarimiz bugun yurtimizga qaytib keladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA