Samarqandda Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidentligi uchun saylovlar o‘tkaziladi
Joriy yilning 15-27-sentabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidentligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Kuni kecha FIDEning amaldagi rahbari Arkadiy Dvorkovich Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylovlarda o‘z nomzodini ilgari surishini e’lon qildi.
Shu munosabat bilan, Dvorkovich shaxmat bo‘yicha milliy federatsiyalar hamda xalqaro shaxmat hamjamiyatiga o‘z murojaatini yo‘lladi.
Aytish lozim, Arkadiy Dvorkovich 2018-yili Gruziyaning Batumi shahrida hamda 2022-yili Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan saylovlarda ishtirok etib, FIDE prezidentligiga ikki bor saylangan edi.
Bugungi kunda xalqaro shaxmat olamida o‘z obro‘yiga ega mutaxassislar, taniqli shaxmatchilar FIDE prezidentining murojaatiga o‘z munosabatini bildirmoqda.
Jumladan, FIDE vitse-prezidenti, besh karra jahon chempioni Vishvanatan Anand ushbu saylovda Arkadiy Dvorkovichni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA