Samarqandda o‘tgan uch oyda tug‘ilishlar soni kamaydi(mi?)
Joriy yilning 1-choragida Samarqand viloyatida 21 427 ta tug‘ilish qayd etilgan. Shundan:
O‘g‘il bolalar – 10 993 nafar
Qiz bolalar – 10 434 nafar.
DXA Samarqand viloyat boshqarmasi xabariga ko‘ra, viloyat bo‘yicha eng ko‘p tug‘ilish Urgut tumanida (2 797 ta) qayd etilgan bo‘lsa, eng kam tug‘ilish esa Nurobod (752 ta) tumanida kuzatilgan.
Tahlillarga ko‘ra, 2020 yilning 1-choragida 22 102 ta tug‘ilish qayd etilgan. Shundan:
O‘g‘il bolalar – 11 410 nafar
Qiz bolalar – 10 692 nafar.
Ma’lumot o‘rnida qayd qilish joizki, viloyat bo‘yicha eng ko‘p tug‘ilish Samarqand (3 241 ta) shahrida qayd etilgan bo‘lsa, eng kam tug‘ilish esa Nurobod (607 ta) tumanida kuzatilgan.
Ya’ni, joriy yilning o‘tgan uch oyida tug‘ilishlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 foizga kamaygan.