Samarqandda maktab oʻqituvchisi universitetga oʻqishga kirishda yordam berish uchun pora olayotganida qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabariga koʻra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi boshligʻi nomiga 6-iyun kuni N. ismli shaxs ariza bilan murojaat qilib, X. ismli fuqaro oʻzini Samarqand davlat universiteti domlasi deb tanishtirib, undan universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 6.000 AQSH dollari miqdorida pul soʻrayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Shundan soʻng oʻtkazilgan tadbir jarayonida Samarqand shahar Mirzo Bedil mahallasida yashovchi, maktabda oʻqituvchi boʻlgan 1990-yilda tugʻilgan X.I. tadbirga jalb qilingan N. ismli fuqarodan vaʼda qilingan pulning 1500 AQSH dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlangan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabariga koʻra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.