Samarqand global tashabbuslar markazi sifatida dunyo bolalari manfaatini birlashtirmoqda
Jahon sammiti
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva 21-oktabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammitida ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.
Ikki kun davom etadigan ushbu anjuman 100 dan ortiq davlat vakillarini bir maydonga jamlaydi. Jumladan, BMT, JSST, Xalqaro bolalar onkologlari jamiyati, Yevropa onkologiya maktabi va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari, qator davlatlarning sog‘liqni saqlash sohasi rahbarlari, shuningdek, olimlar, mutaxassislar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etadi.
Sammit doirasida bolalar salomatligi, ta’limi, ijtimoiy himoyasi va xavfsizligiga investitsiyalarni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.
O‘zA