Samarqand “Avtoyoʻl” 1000 kishini ishga oldi
Eʼtiborlisi, ishga qabul qilinganlarning 292 nafari oʻrta-maxsus, 679 nafari oʻrta maʼlumotli shaxslardir.
Karonavirus pandemiyasi va global inqiroz holatida aholining ishsiz qatlamini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida Samarqand viloyat avtomobil yoʻllari hududiy bosh boshqarmasi tizmidagi tashkilotlarga yil boshidan buyon xorijdan qaytgan va hududlarda ishsiz yurgan 1000 nafardan ortiq fuqaroning bandligi taʼminlandi.
Eʼtiborlisi, ishga qabul qilinganlarning 292 nafari oʻrta-maxsus, 679 nafari oʻrta maʼlumotli shaxslardir.
Tizimdagi 438 nafar xodimning oylik maoshi bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmalaridan toʻlab berilgan.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda Samarqand viloyati boʻyicha jami 16 319 km. umumfoydalanuvdagi va ichki xoʻjalik yoʻllari mavjud.