Samarali hamkorlikning ijobiy natijasi
Sudning odil sudlovni amalga oshirishdan tashqari, targʻibot ishlarini tashkil etishda davlat idoralari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligi muhim ahamiyatga ega.
Sudning odil sudlovni amalga oshirishdan tashqari, targʻibot ishlarini tashkil etishda davlat idoralari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligi muhim ahamiyatga ega.
Mazkur ishlar natijasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni kamayishiga erishish mumkin boʻladi. Buning uchun “men senga, sen menga tegma” qabilida emas, barcha masʼul idoralar “bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashi lozim.
Fargʻona viloyatida sudlar fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni qonunlarga hurmat qilish ruhida tarbiyalash borasida muayyan ishlarni olib bormoqda. Joriy yilning oʻtgan davrida Toshloq tuman maʼmuriy sudi tuman ichki ishlar boʻlimi bilan hamkorlikda koʻplab sayyor sud majlislari va targʻibot tadbirlarini oʻtkazdi. Mart oyidan buyon mamlakatimizda karantin holati eʼlon qilinib, pandemiya sharoitida faoliyat yuritilgan boʻlsada, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar eng avvalo, qonuniylikni, fuqarolarning huquq va manfaatlarini taʼminlash ishlarini davom ettirmoqda.
Shuningdek, oʻtgan davr mobaynida sudga Toshloq tuman va boshqa tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari tomonidan 741 nafar shaxsga nisbatan 477 ta maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlar kelib tushgan boʻlib, ular boʻyicha qonuniy qarorlar qabul qilingan.
Bugungi ogʻir va sinovli kunlarda eng dolzarb masalalardan biri jamoat tartibini saqlash, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash ekanligini chuqur his qilgan holda sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishlarga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan oʻz vaqtida va oʻrnida munosabat bildirilib, maʼmuriy ishlar rasmiylashtirilib, sudga mazmunan koʻrib chiqish uchun taqdim etib kelindi. Tuman sudi tomonidan jamoat tartibini buzish va karantin qoidalariga rioya etilmasligi yuzasidan 92 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy qamoq jazo choralari qoʻllanildi. Aynan shu kabi qatʼiy qonuniy munosabat sabab hozirda fuqarolarimizning davlat idoralariga ishonchi ortmoqda.
Misol uchun, fuqaro A.Usmonjonov va X.Madaminov 2020-yil 12-aprel kuni soat 21-40 larda Oʻzbekiston Respublikasida eʼlon qilingan karantin tadbirlari ijrosi yuzasidan Toshloq va Quva tumanlari chegarasida tashkil etilgan “Bahor-4” blok postiga himoya niqobi taqmagan holda kelib, ularga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirishmoqchi boʻlgan tuman IIB xodimlarini va postdagi boshqa xizmatchilarni uyatli soʻzlar bilan soʻkib, baqir-chaqir qilgan.
Ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, jamiyatda oʻrnatilgan yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini buzib, mayda bezorilik qilgan. Sudning tegishli qarori bilan ularning har biriga nisbatan 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Albatta, faqat jazo tayinlash orqaligina koʻzlangan maqsadga erishish qiyin. Shu sababli huquqbuzarlikni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan samarali hamkorlik tashkil etilib, faoliyat yuritib kelinmoqda. Buning natijasida, tuman hududida huquqbuzarliklar sezilarli darajada kamaymoqda.
Albatta, faqat jazo tayinlash orqaligina koʻzlangan maqsadga erishish qiyin. Shu sababli huquqbuzarlikni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan samarali hamkorlik tashkil etilib, faoliyat yuritib kelinmoqda. Buning natijasida, tuman hududida huquqbuzarliklar sezilarli darajada kamaymoqda.