Salqinlik bag‘ridagi bolalik
FOTOREPORTAJ
Yozning jazirama kunlarida kuzatilayotgan yuqori harorat sharoitida bolalar uchun suv eng sevimli mashg‘ulotlardan biriga aylanmoqda. Ayniqsa, kunduzgi soatlarda ular salqin suvda o‘ynab, yozgi ta’tilning zavqli onlarini mazmunli o‘tkazmoqda.
Fotoreportajda yozning issiq kunlarida suv bilan o‘ynab, quvonchga to‘lgan bolalarning beg‘ubor lahzalari aks etgan. Quvnoq kulgu, samimiy tabassum va shodon kayfiyat ularning yozgi ta’tiliga o‘ziga xos fayz bag‘ishlamoqda.
[gallery-30481]
Bolalar uchun suv bilan o‘ynash nafaqat jaziramadan salqinlanish, balki do‘stlari bilan maroqli vaqt o‘tkazish, beg‘ubor bolalikning unutilmas xotiralarini yaratish imkoniyati hamdir.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA