Sahnada jahon klassik asarlari namoyishi
Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri o‘z repertuarini jahon klassik asarlari namunalari bilan boyitmoqda.
Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri o‘z repertuarini jahon klassik asarlari namunalari bilan boyitmoqda.

Xususan, shu kunlarda teatr jamoasining yosh ijodkorlari ingliz dramaturgi Rey Kunining “Qora diplomat” spektaklini tomoshabinlar e’tiboriga havola etdi.

Rejissyor Fozilbek Kelimbetov tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektakl komediya janrida bo‘lib, unda turmushdagi turli vaziyatlar, kishilarning kutilmagan holatlar ro‘y berganda o‘zini qanday tutishi, bunday vaziyatda to‘g‘ri yoki egri yo‘lni tanlashi va uning oqibatlari bayon etiladi.

Spektaklda Islom Begjanov, Alima Rametullayeva, Bibinoz Boqiyeva, Iso Kunnazarov, Rasul Tlemisov, Sharapat Davletmuratov kabi aktyor va aktrisalar bosh qahramonlar rolini mahorat bilan ijro etgan.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA