Sadir Japarov YAIMning o‘sishiga baho berdi
«Mamlakatning yalpi ichki mahsuloti hajmi qatorasiga uch yildirki 600 milliard so‘mdan pastga tushmadi, bu yil ushbu ko‘rsatkichni 720 milliard somga yetkazishni rejalashtirmoqdamiz», – dedi Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bugun bo‘lib o‘tgan vazirlar mahkamasi majlisida.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, o‘tgan yili YAIM o‘sishi 8,6 foizga tushib ketgandi, bu esa so‘nggi 14 yilda eng past ko‘rsatkichdir.
Shuni ham ta’kidlash joizki, pandemiya sharoitida ham Qirg‘izistondan farqli o‘laroq qo‘shni mamlakatlarda YAIM o‘sishi saqlab qolingan. “Joriy yilning 11 oyida Respublika byudjetining daromadi 162 milliard so‘mni tashkil etdi, bu 2020 yilgi ko‘rsatkichdan 41 foizga yoki 47 milliard somga ko‘pdir.
Bu yil byudjet ko‘rsatkichlari bo‘yicha pandemiya davriga nisbatan ancha ijobiy natijaga erishdik. Biz yangi soliqlarni o‘ylab topmadik, shunchaki, boshqaruv tizimini o‘zgartirib, fiskalizatsiyani kuchaytirib, korrupsiyani kamaytirib qo‘shimcha mablag‘larni topishga muvaffaq bo‘ldik.
Mazkur vazirlar mahkamasini tayinlashda xalqimizga konsolidatsiyalashtirilgan byudjetni 280 milliard somgacha oshirishni va’da qilgandik. Aytish joizki, ushbu vazifa bajarildi. 2021 yilni 306 milliard som bilan yoki 26 milliard som ortiqchasi bilan yakunlayapmiz», – dedi Qirg‘iziston rahbari.