Sabrina Olimjonova Turkiyada muvaffaqiyatli start oldi
Turkiyada W15 tasnifiga kiruvchi “Kayseri” xalqaro turnirida tennischi qizlarimiz asosiy to‘r bahslarini muvaffaqiyatli boshladi.
Musobaqaning yakkalik bellashuvlari birinchi davrasida Sabrina Olimjonova germaniyalik Annemari Lazarni 6:2, 6:1 hisobida yengib, ikkinchi bosqichda mezbonlar vakilasi Ilay Yurak bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Hamyurtimiz Dariya Shubina turnirdagi ilk raqibi fransiyalik Selya Rakkini 6:1, 6:3 hisobida taslim etdi. Endi u chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda neytral tennischi Varvara Panshinaga qarshi kortga chiqadi.
Juftlik bahslarida Maftuna Qahramonova hamda Sabrina Olimjonova tandemi neytral tennischilar Aleksandra Pozarenko va Anna Snigirevani 6:2, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa, chorak finalga yo‘l olgan Maftuna hamda Sabrina yarim final ostonasida ruminiyalik Stefaniya Boitsa va Briana Zabo juftligini sinovdan o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA