Runi: hatto Ronalduning muxlislari ham Messini hurmat qilishi kerak
Bugun tarkibida 39 yoshli hujumchi boʻlgan Argentina JCH-2026 finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.
Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ueyn Runi Lionel Messining jahon chempionatidagi ikkinchi gʻalabasi barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi haqidagi bahslarni yopadi deb hisoblaydi.
Bugun tarkibida 39 yoshli hujumchi boʻlgan Argentina JCH-2026 finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.
"Agar Argentina jahon chempionatida gʻolib chiqsa, Messi har qanday savollarga chek qoʻyadi, shunday emasmi? Uning barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi ekanligi borasida.
Menimcha, hatto Ronalduning muxlislari ham buni hurmat qilishlari kerak…
Men doimo ularning istalganini tanlash mumkinligini aytganman, lekin Messining ushbu jahon chempionatida qilgan ishlari haqida oʻylab koʻrsangiz... Oʻtgan safargisida va bunisida, 39 yoshida. Bu barcha bahs-munozaralarga nuqta qoʻyadi", – dedi oʻz vaqtida "Manchester Yunayted"da Ronaldu bilan birga toʻp surgan Runi.