Ro‘za Qo‘ziyeva jahon kubogi sovrindori
Xabaringiz bor, shu kunlarda Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida para pauerlifting bo‘yicha jahon kubogi o‘tkazilmoqda.
Jahon kubogining ayollar o‘rtasidagi 73 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Ro‘za Qo‘ziyeva umumiy 381 kg. natija qayd etib, kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasining jahon kubogidagi medallar soni 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 4 taga yetdi. Ushbu medallar Ruxshona O‘ktamova, Ro‘za Qo‘ziyeva, Husniddin Usmonov, Bekzod Jamilov kabi paralimpiyachilarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA