Rossiya harbiy samolyoti halokatga uchradi, 29 kishi halok bo‘ldi
Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berishicha, An-26 harbiy transport samolyoti Qrim ustidan uchib o‘tayotganda halokatga uchragan. Olti nafar ekipaj a’zosi va 23 yo‘lovchi halok bo‘lgan.
Bayonotda “samolyotga hech qanday tashqi zarbadan ziyon yetmagani”, halokatning dastlabki ehtimoliy sababi texnik nosozlik ekani ma’lum qilindi.
Ayni payt ayrim mahalliy ommaviy axborot vositalari ham "Qrim uzra reja bo‘yicha parvoz amalga oshirayotgan uchoq jarlikka qulagani" haqida yozgan.
S.Rahimov, O‘zA