Ronaldu: nahotki so‘nggi o‘yinlarimni ko‘rmagan bo‘lsangiz?
41 yoshli forvard o'zining 6-Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Portugaliya Milliy terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu bo‘lajak jahon chempionatidan kutilmalari hamda o‘zining sport formasi borasida fikr bildirdi.
"Biz juda xursandmiz va shuni yaxshi tushunamizki, jahon chempionati xuddi Yevropa chempionati kabi har doim o‘zgacha bir musobaqadir. Biz ushbu turnirga juda katta umidlar bilan kirib boryapmiz. Jismoniy holatim haqida so‘rayapsizmi? Men butunlay joyidaman, nahotki so‘nggi o‘yinlarni ko‘rmagan bo‘lsangiz?" — deya ta’kidladi portugaliyalik hujumchi.